RENES: «Qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror muhit» magistrlik dasturini ishlab chiqish
574055-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHEJP

So’nggi yillarda O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda, chunki ular barqaror rivojlanish va mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligida muhim omilidir. O’zbekistonning iqlim sharoitlari va geografik joylashuvi quyosh energiyasidan va boshqa qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan kelajakda saamarali foydalanish borasida samarali istiqbollarni yaratadi.

O’zbekistondagi mavjud tabiiy va institutsional sharoit quyosh energiyasida ilg’or texnologiyalarni joriy etish uchun mamlakatni samarali hududga aylantirish imkonini berdi, keyinchalik bu mamlakatdagina emas, balki butun Markaziy Osiyoda natijalarni kengaytiradi. Biroq, bunday natijalarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya sohasida malakali kadrlarni tayyorlashni kengaytirish va tubdan yaxshilash zarur.

O’zbekistonda ushbu masalada mavjud muammolarni hal qilish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror muhit sohasida injener-texnik xodimlarni tayyorlash holatini yaxshilash kerak. Shuning uchun ham O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida Yevropa standartlariga javob beradigan RENES loyihasi doirasida magistrlik dasturini ishlab chiqishda va uni amaliyotga tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

«RENES: Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof muhit borasida magistratura dasturini ishlab chiqish» yangi magistratura dasturini ishlab chiqish va uni O’zbekistonning hamkor universitetlarida qo’llashsh rejalashtirilgan.