2020 yil 1-iyulda ASU LeXsolar (Germaniya) kompaniyasi vakillari bilan «Ta’lim uchun qayta tiklanadigan energiya uskunalari» mavzusida ZOOM uchrashuv-seminarini tashkil etdi.

Seminarda kompaniya vakillari ishtirokchilarni qayta tiklanadigan energiya ta’limi sohasida yangi jihozlar bilan tanishtirishdi. O’zbekiston universitetlari vakillari RENES loyihasi mablag’lari evaziga sotib olingan LeXsolar uskunalarini yuqori baholadilar.

Shuningdek, O’zbekiston universitetlarining LeXsolar bilan qayta tiklanadigan energiya manbalarini o’quv jihozlari bilan ta’minlash borasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Seminarda ASU, KarSU, UrDU, GulGU, AndMBI va boshqalar vakillari ishtirok etdilar.