Santyago-de-Kompostella Universiteti (Ispaniya) professori Antonio Garsiya Lourero Urgen Davlat Universitetining taklifiga binoan 2013 yil 05-maydan 06-iyulgacha Urgan Davlat Universitetiga tashrif buyurdi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit mutaxassisligi bo’yicha magistratura talabalariga hamda fizika kafedrasi aspirantlari uchun ma’ruzalar o’qidi:
1. Yarimo’tkazgichli qurilmalarni, xususan yarimo’tkazgichli fotoelementlarni modellashtirish bo’yicha ma’ruzalar
2. TCAD Sentaurus va Atalas dasturlari bilan quyosh batareyalarini modellashtirish imkoniyatlari va
3. Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi va Santyago-de-Kompostella universitetining hisoblash elektronikasi guruhi o’rtasidagi ilmiy hamkorlik vazifalarini aniqlash muhokama qilindi.