2019 yil yozida Toshkentdagi Turin politexnika universitetidagi RENES laboratoriyasida yosh o’qituvchilar va universitet talabalari uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror atrof-muhitni o’rgatish muammolari bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarda TTPUning tajribali o’qituvchilari tamonidan mashg’ulotlar olib borildi.
Asosiy e’tibor laboratoriya tajribalarini ishlab chiqishga, RENES uskunalaridan foydalanishga va eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish metodologiyasiga qaratildi.